Ko'p beriladigan savollar
Javob topolmasangiz, bizga qo'ng'iroq qiling yoki yozing.
Savol va javoblar
Baholash qancha vaqt oladi?
Muddat obyekt turi va hujjatlarning to'liqligiga bog'liq va har bir ish uchun shartnomada aniq belgilanadi. Murakkab obyektlar – korxona, aviatsiya aktivlari, bir nechta obyekt – uchun muddat alohida kelishiladi.
Baholash uchun qanday hujjatlar kerak?
Ko'chmas mulk uchun mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (kadastr hujjati yoki guvohnoma) va texnik pasport. Mashina va uskunalar uchun texnik hujjatlar va hisobdagi qiymat. Aniq ro'yxatni so'rov qoldirganingizda baholovchi aytadi.
Baholash narxi qanday belgilanadi?
Xizmat haqi obyekt turi, soni, murakkabligi va baholash maqsadiga qarab farq qiladi. Aniq summa shartnoma tuzilgunga qadar kelishiladi va shartnomada qayd etiladi.
E-IMZO nima?
E-IMZO – elektron raqamli imzo. Hisobot baholovchi va kompaniya E-IMZO'si bilan imzolanadi, shuning uchun u qog'oz nusxa bilan teng yuridik kuchga ega va o'zgartirilsa, imzo buziladi.
Hisobotni QR kod orqali qanday tekshirish mumkin?
Ikki yo'l bor. Birinchisi: hisobotdagi QR kodni telefon kamerasi bilan skanerlash. Ikkinchisi: «Hisobot tekshirish» sahifasiga hisobot raqamini va hisobotning oxirgi sahifasida, muhr yonida yozilgan 8 xonali kirish kodini kiritish – faqat raqamning o'zi yetarli emas. Natija shuni ko'rsatadi: bunday raqamli hisobot kompaniya tomonidan tayyorlanganmi, qaysi sanada va u o'zgartirilmaganmi.
Baholovchi obyektga borib ko'radimi?
Ha. Obyekt joyida ko'zdan kechiriladi, o'lchanadi va suratga olinadi. Faqat shartnomada alohida kelishilgan hollardagina masofadan baholanadi.
YaMBS nima?
YaMBS – Yagona milliy baholash standartlari. Barcha hisobotlar shu talablarga muvofiq tayyorlanadi: uslub asoslanadi, hisob-kitob ochiq ko'rsatiladi.
Baholashga qanday buyurtma beraman?
Saytda «So'rov qoldirish» tugmasini bosing, yoki +998 91 699 09 07 raqamiga qo'ng'iroq qiling, yoki Telegram'dagi @perception_value_bot ga yozing. Baholovchi siz bilan bog'lanib, hujjatlar va narxni kelishadi.
Qiymat bilan kelishmasam nima qilaman?
Avval baholovchiga e'tirozingizni yozma bayon qiling: u hisob-kitobni siz bilan birga ko'rib chiqadi va xato topilsa, hisobotni tuzatadi. Kelishmovchilik saqlansa, hisobotni boshqa mustaqil baholash tashkilotiga ekspertizaga berish mumkin.
Hisobot qancha muddat amal qiladi?
Muddat obyekt turiga qarab farq qiladi. YaMBS 51-bandiga ko'ra hisobotda ko'rsatilgan yakuniy qiymatdan quyidagicha foydalanish mumkin: mashina va uskunalar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktiv va majburiyatlar – hisobot tuzilgan sanadan boshlab olti oydan ko'p vaqt o'tmagan bo'lsa; ko'chmas mulk, biznes va biznesda ishtirok etish huquqi, nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari – o'n ikki oydan ko'p vaqt o'tmagan bo'lsa. Retrospektiv baholashda xulosa faqat baholash o'tkazilgan sanaga haqiqiy bo'ladi. Manba: Yagona milliy baholash standarti, Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023-yildagi 3487-son qarori bilan tasdiqlangan, 51-band. Hujjat matni – lex.uz
Baholash kerakmi?
So'rov qoldiring – baholovchi siz bilan bog'lanadi, narx va muddat kelishiladi.